Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yaponiyaning Ishikava shahrida 1-yanvar kuni kuchli zilzila sodir bo‘ldi, uning epimarkazi Noto yarim orolida, silkinishlar o‘chog‘i esa 10 kilometr chuqurlikda joylashgan. Hokkaydodan Kyusyugacha kuzatilgan silkinishlar magnitudasi taxminan 6-7 ballga baholandi.

Foto: Global Look Press

Zilziladan keyin yuzaga kelgan yong‘in Vadzima shahridagi (Isikava prefekturasi) bozorni butunlay vayron qildi. Shahar markazida ikki yuzdan ortiq binolar yong‘in oqibatida zarar ko‘rgan yoki vayron bo‘lgan.

Foto: Global Look Press

Isikava prefekturasida sodir bo‘lgan eng kuchli zilzila magnitudasi 7,6 ballga baholanmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqada 92 kishi halok bo‘lgan, yana 50 ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Foto: Getty Images

Suzu shahri (Isikava prefekturasi) yo‘llari vayronalarga to‘lib ketgan, zilzila bu yerdagi ko‘plab binolarni yakson qilgan.

Foto: Getty Images

Kommunal xizmatchilar zilzila oqibatida shikastlangan elektr uzatish liniyalarini ta’mirlab, Suzu shahriga elektr energiyasini qaytarmoqda.

Foto: Reuters

Isikava prefekturasining boshqa shaharlari, jumladan, 50 mingdan ortiq aholiga ega Nanao ham zilziladan jabr ko‘rdi.

Foto: Global Look Press

 

Foto: Reuters

Isikava prefekturasi yo‘llarida asfalt yorilib, ayrim avtomobillar chuqurlikka tushib ketgan.

Foto: Reuters

Zilziladan jabr ko‘rgan prefektura aholisiga yer silkinishi oqibatida vayron bo‘lgan do‘konlardan tovarlarni bepul olib ketishga ruxsat berildi.

Foto: Global Look Press

Zilzila oqibatida vayron bo‘lgan uylar aholisi vaqtinchalik boshpanalarga, jumladan, yer silkinishidan omon qolgan maktablarga joylashtirildi.

Foto: Global Look Press

Ko‘ngillilar vayron bo‘lgan uylardan ko‘chirilgan odamlarga yordam bermoqda.

Foto: Global Look Press

Zilziladan jabr ko‘rgan uylar aholisi zilzila takrorlansa, binolar qulab tushishidan qo‘rqib, eng kerakli narsalarni ko‘chadagi chodirlarga tashimoqda.

Foto: Global Look Press

Buzilgan yo‘llar Isikava prefekturasining ko‘plab jamoalarini mamlakatning qolgan qismidan uzib qo‘ydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »