Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farzand tug‘ilishi nafaqat ota-ona uchun, agar ular yulduz bo‘lsa mashurlarning muxlislari uchun ham katta quvonchdir. 2023-yil bu borada ancha samarali kechdi — bir qancha turkiyalik taniqli aktyorlar ota va ona bo‘ldi.

Fahriye Evjen va Burak O‘zchivit

2023-yil 18-yanvarda eng mashhur turk oilasida uzoq kutilgan voqea yuz berdi. Bulent Urman boshqaradigan Amerika gospitalida Fahriye Evjen ikkinchi o‘g‘lini dunyoga keltirdi. Chaqaloq o‘z vaqtida tug‘ildi. Burak O‘zchivit ikkinchi merosxo‘riga Kerem deb ism qo‘ydi. Intervyularida Evjen ularning to‘ng‘ich o‘g‘li Karan ota-onasini biroz qizg‘anishi, ammo ukasini yomon ko‘rmasligini aytadi. Shu paytgacha yulduz ota-onalar Keremning yuzini keng ommaga ko‘rsatmagan.

Asli Enver

2023-yil 3-iyul kuni Asli Enver Turkiyadagi ko‘p tarmoqli klinikalardan birida qiz farzandini dunyoga keltirdi. Chaqaloqqa Elay ismi qo‘yildi. E’tiborlisi, turk aktrisasi Angliyada tug‘ishini bir necha bor aytgan edi. Aslining turmush o‘rtog‘i Berkin Go‘kbudag‘ ham o‘sha yerni tanlashganini ta’kidlagandi. Enverning o‘zi bu mish-mishlarni tasdiqlamadi, biroq inkor ham qilmadi. Biroq Elay Turkiyada, shifokor Taner Usta boshqaradigan tibbiy muassasada tug‘ildi.

Kaan Urganjio‘g‘li

21-iyun kuni turk seriallari muxlislari yana bir xushxabardan hayratga tushdi. Mashhur turk aktyori Kaan Urganjio‘g‘li o‘zining sevgilisi Burju Denizer bilan turmush qurdi. 9-dekabr kuni esa turk klinikalaridan birida ularning birinchi farzandi dunyoga keldi. Aktyor rafiqasining tug‘uruq dardi suratga olish maydonchasida boshlanganini tan oladi. Eng muhim daqiqada u Burjuning yonida bo‘lib, uning qo‘lidan ushlab turgan. Urganjio‘g‘lining qayd etishicha, shaxsiy ishtirokiga qaramay, o‘sha paytda o‘zini film tomosha qilayotgandek his qilgan. Juflik chaqaloqqa Ardish deb ism qo‘ydi.

Ali Altay va Xazal Kaya

“Maral” va “Taqiqlangan sevgi” seriallari yulduzi farzandini muddatidan oldin dunyoga keltirdi. Shifokorlarning fikricha, bunga kuchli stress sabab bo‘lgan. Gap shundaki, homiladorlikning so‘nggi oyida Ali Altayning rafiqasi zilzila qurbonlariga faol yordam bergan. Natijada 11-fevral kuni qizi Leyla Sureya muddatidan avval tug‘ildi. Erta tug‘ilganiga qaramay, chaqaloq mutlaqo sog‘lom dunyoga kelgan. Qizaloq yulduzli juftlikning ikkinchi farzand hisoblanadi — 2019-yilning noyabr oyida o‘g‘li Fikret dunyoga kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »