Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bolalar ombudsmani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir ayol duduqlangan bolani so‘kinish va qo‘rqitish usulida davolayotgani aks etgan video yuzasidan ma’lumot berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda. Aniqlanishicha, ushbu video tasvirdagi holat yakka tartibdagi tadbirkor, pedagog bo‘lib faoliyat yurituvchi J.D. tomonidan 2023-yilning dekabr oyida Jizzax shahrida o‘tkazilgan seminar davomida olingan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Tekshiruv harakatlari Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Xorazmdagi xususiy bog‘chada bolalarga qo‘pollik qilgan tarbiyachi ishdan olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Namangan viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Chust tumanida bog‘cha bolalarini kaltaklagani tasvirlangan videodagi tarbiyachi yuzasidan ma’lumot bergandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »