Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin tibbiy muolajadan keyin yuzaga kelgan asoratlar tufayli kasalxonaga yotqizildi, dedi Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder.

Foto: AP Photo

Ostin 1-yanvar kuni “odatiy tibbiy muolaja”dan kelib chiqqan asoratlar tufayli kasalxonaga yotqizilgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan, vazirning o‘zi vaziyatga izoh bermagan.

“U tuzalmoqda va bugun to‘liq vazifalariga qaytishi kutilmoqda”, — deyiladi 5-yanvardagi xabarda.

2022-yil avgust oyida Ostin koronavirus bilan kasallangan edi. U COVID-19 uchun test natijalari musbat chiqqani haqida xabar bergan va besh kun davomida uyda qolishini qo‘shimcha qilgan.

70 yoshli Ostin 2021-yilning yanvarida Pentagon rahbari lavozimini egallagan edi. U mamlakat harbiy vazirligini boshqargan birinchi afroamerikalik bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »