Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston tomonidan yaqinda sotib olingan ikkita keng fyuzelyajli Boeing 777-300ER —dunyodagi eng uzoq masofaga uchuvchi yo‘lovchi samolyotlaridan ikkinchisi ham respublikaga yetkazildi.

Foto: Turkmenistan Airlines

Bitim Turkmaniston prezidentining alohida farmoni bilan imzolangan. Birinchi samolyot dekabr oyida mahalliy flotga qo‘shildi.

“Ikkinchi zamonaviy samolyot 368 yo‘lovchini tashishga qodir bo‘lib, uning samaradorligi yuqori va qulay. Yo‘lovchi o‘rinlaridan 40 tasi biznes-klass, 32 tasi premium ekonom-klass va qolgan 296 tasi ekonom-klass”, — deyiladi Turkmenistan Airlines press-relizida.

Ikkita GE90-115BL2 dvigateli bilan jihozlangan samolyot 11 390 kilometr masofani bosib o‘tadi va 40 tonnagacha foydali yuk bilan xalqaro parvozlarni amalga oshirishi mumkin.

Turkmanistonda yagona milliy aviatashuvchi kompaniya Turkmenistan Airlines 90-yillardan beri Amerika modellarini ishlatib kelmoqda.

Ushbu modifikatsiyadagi samolyot to‘rtta Boeing 777-200 (LR) samolyotini ishlatayotgan Turkmenistan Airlines parkidagi birinchi eng tez uchoq bo‘ladi. Turkmaniston prezidenti yana to‘rtta Boeing 737-8 samolyotiga buyurtma berishni ham qo‘llab-quvvatlagan.

Turkmaniston Rossiya va Fransiya samolyotlaridan ham foydalanadi.

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »