Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreya harbiylari o‘z harakatlari va asossiz bayonotlari bilan o‘z boshiga “tuzatib bo‘lmaydigan falokatlarni” olib keladi. Bu “olovga cho‘qintirish” va “tezlikda o‘lish” bilan yakunlanishi mumkin. Bu haqda Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari va mamlakat rahbarining singlisi Kim Yo Chjon xabar berdi.

 
Foto: Getty Images
 
Yana bir aniq fikrni takrorlashim kerak: armiyamizning ishga tushiriluvchi ilmoqlari allaqachon nazoratdan chiqarilgan. Avval aytib o‘tilganidek, armiyamiz eng kichik provokatsiyaga darhol olovga cho‘qintirish bilan javob beradi.
So‘nggi paytlarda Janubiy Koreya harbiy gangsterlarining javob harakatining ma’lum bir prinsipini ifodalovchi sevimli so‘zlari “bir zumda, kuchli va oxirigacha” bo‘lib qoldi. Ular shuni bilishi kerakki, bu so‘zlarni takrorlashda davom etishlari ular uchun “bir zumda o‘lim, majburiy o‘lim va to‘liq yakun”ga olib kelishi mumkin, — dedi u.

Kim Yo Chjonning so‘zlariga ko‘ra, Seul o‘zining “noto‘g‘ri hisob-kitoblari, asossiz taxminlari, bema’ni o‘jarligi va qatʼiyati” bilan o‘z boshiga tuzatib bo‘lmas falokatlarni keltirib chiqaradi. U Shimoliy Koreya harbiylari bir kun oldin artilleriyadan o‘q uzmaganini, balki 60 ta portlovchi moddani portlatganini aytdi.

Uning taʼkidlashicha, Janubiy Koreya harbiylari “bu o‘ljaga tushib qolgan” va KXDRni darhol “provokator” va “keskinlikning kuchayishida asosiy aybdor” sifatida ko‘rsatgan.

Bu “aniq kuzatuv” va har fursatda “olovli nuqtalarga zarba berish” haqida gapiradigan Koreya harbiylarining amaliy kuzatuv imkoniyatlarini ko‘rsatib, asossiz da’volar bilan chiqqanlarni sharmanda qilish uchun qilingan aldov operatsiyasi edi. Natija biz kutgandek bo‘ldi, — dedi Kim Yo Chen.

Siyosatchi bu birinchi marta emasligi, Janubiy Koreya harbiylari, masalan, qushlar suruvini Shimoliy Koreya samolyotlari deb adashib, ularni tutib olish uchun o‘z qiruvchilarini yuborganini aytdi.

“Endi o‘ylab ko‘ring, bu noqobil harbiylarning noto‘g‘ri hisob-kitoblari, asossiz taxminlari, aqlsiz o‘jarligi va qatʼiyati tufayli kutilmagan voqea sodir bo‘lsa, o‘n milliondan ortiq aholiga ega Seul qanday xavf-xatarga duchor bo‘lishi mumkin? Ular ahmoqona o‘jarlikdan keyingi safar shimoliy osmondagi momaqaldiroq gumburlashini armiyamizning artilleriya o‘ti bilan yanglishtirib ko‘rsatishga qaror qiladi”, — deb ta’kidladi Kim Yo Chen.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »