Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Pentagon rahbari Lloyd Ostin kasalxonaga yotqizilgani ma’lum bo‘ldi. Mudofaa vaziri kasalxonaga yotqizilgani haqida AQSH prezidenti Jo Bayden va boshqa yuqori martabali amaldorlar uch kun davomida xabardor qilinmagan. Bu haqda Politico xabar berdi.

Foto: Getty Images

5-yanvar kuni Pentagon matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, 70 yoshli vazir “odatiy tibbiy muolajalar natijasida yuzaga kelgan asoratlar” tufayli 1-yanvar kuni kechqurun kasalxonaga yotqizilgan. Prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Ostin kasalxonaga yotqizilganidan faqat 4-yanvar kuni xabar topgan. Keyin u bu haqda Baydenga xabar bergan.

Shu bilan birga, Politico manbalari Ostinning kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabarni prezidentga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazishi dargumon deb hisoblaydi.

“Agar Jeyk bilmagan bo‘lsa, demak, prezident ham bilmagan”, — deya qo‘shimcha qildi rasmiylardan biri.

Ostinning kasalxonaga yotqizilgani haqidagi xabar prezident ma’muriyatining barcha xodimlari uchun shok bo‘lganini ta’kidlandi. Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik kengashi xodimlari Pentagonning bu ma’lumotni taqdim etishiga shunchalik uzoq vaqt ketganidan hayratda qoldi, deb yozadi Politico.

Pentagon vakillari AQSH Kongressini Ostinning ahvoli haqida rasmiy e’londan taxminan 15 daqiqa oldin xabardor qilgan. Ertasi kuni Pentagon Ostinning murojaatini o‘qib eshittirgan. Unda mudofaa vaziri tuzalib ketgani va tez orada ishga qaytishini kutayotganini aytgan. Shuningdek, u sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqida jamoatchilikni yaxshiroq xabardor qilishi mumkinligini tan olgan.

NBC telekanaliga ko‘ra, Ostin to‘rt kun davomida intensiv terapiya bo‘limida bo‘lgan. Telekanal vazirning sog‘lig‘i haqida boshqa ma’lumot bermagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »