Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida faoliyat olib borayotgan I va II toifaga kiruvchi ishlab chiqarish korxonalarida atmosfera havosini muhofaza qilishga doir ishlarni o‘rganish maqsadida monitoring tadbirlari o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Foto: Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi

Monitoring tadbirlari 6-yanvar kuni Toshkent shahar prokuraturasi Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, boshqarmaning Atrof-muhit monitoring, iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish (tahliliy laboratoriya) bo‘limi tomonidan olib borildi.

Mazkur nazorat tadbirlari mobaynida tumanda faoliyat turlarini amalga oshirayotgan bir qator korxonalarning chang-gaz tozalash uskunalarini ish faoliyati, chang-gaz tozalash darajasi hamda atmosfera havosiga chiqayotgan zararli moddalarini kamaytirish, ekologik normativ hujjatlar asosida ishlarni olib borish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Foto: Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi
Foto: Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi
“Ayni paytda ekologlar ekologik ko‘chma laboratoriya yordamida monitoring reydlarini o‘tkazmoqda va havodagi zararli zarrachalar miqdorini o‘lchamoqda. Birinchi navbatda yirik korxona va zavodlar joylashgan hududlar tekshirilmoqda. Kelgusida bunday tadbirlar haftada 2-3 marta o‘tkaziladi”, — deya ma’lum qilgan Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.

Yaqinda bloger Nikita Makarenko Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi bir qancha yirik zavodlar atmosferaga katta miqdorda zararli moddalar chiqarayotganini, ularda filtr o‘rnatilishi kerakligi, ammo qimmatligi sababli o‘rnatishmagani haqida yozgandi.

Hozirda hamkorlikdagi o‘rganish tadbirlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »