Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fitnes bo‘yicha mutaxassis Ellen Tompsonning so‘zlariga ko‘ra, piyoda yurishning foydalari juda ko‘p bo‘lib, bu borada izchillik muhim jihat hisoblanadi. “Ovqatlanishdan so‘ng 10 daqiqalik piyoda yurish organizmga foydali, kun davomidagi muntazam jismoniy faollik umumiy salomatlik uchun muhim ahamiyatga ega”, — deb tushuntiradi u.

Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi

Ovqatdan keyin yurish ovqatni yaxshiroq hazm qilishga yordam beradi. Tompson buni shunday tushuntiradi: “Yurish ovqat hazm qilishga yordam beradi. Ovqat hazm qilish tizimidagi mushaklarni rag‘batlantirish orqali hazm bo‘lmaslik va qorin shishishining oldini oladi”.

Qondagi qand miqdorini tartibga soladi

Atigi 10 daqiqa yurish ham qondagi qand miqdorini nazorat qilishga yordam beradi. Journal of Sports Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ovqatdan keyin qisqa yurish qondagi qand miqdorini va 2-toifa diabet rivojlanish ehtimolini kamaytirishi mumkin.

Vaznni nazorat qilishga yordam beradi

International Journal of General Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ovqatdan so‘ng darhol piyoda yurish ozmoqchi bo‘lganlar uchun juda foydali.

Tompsonning so‘zlariga ko‘ra, “muntazam qisqa yurishlar, ayniqsa ovqatdan so‘ng, kaloriyalarni yo‘qotishga yordam beradi. Vaqt o‘tishi bilan vaznni nazorat qilishni o‘rganasiz, natijada kilogramm ortishining oldi olinadi.

Yurak salomatligini yaxshilaydi

“Yurish bu — qon aylanishi va yurak salomatligini yaxshilaydigan yurak-qon tomir mashqlari hisoblanadi. Ovqatdan so‘ng u qon bosimini va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi”, — deb tushuntiradi Tompson.

2-toifa diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi

“Ovqatlanishdan keyin piyoda yurish insulin sezuvchanligini yaxshilaydi, 2-toifa diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bu qondagi qand miqdorini tartibga solish uchun organizmga insulindan samaraliroq foydalanishga yordam beradi”, — deydi mutaxassis.

Kayfiyatni va umumiy holatni yaxshilaydi

“Jismoniy faollik, hatto qisqa muddatli bo‘lsa ham, endorfin — kayfiyatni ko‘taruvchi gormonlarni ishlab chiqaradi. Ovqatlanishdan keyin qisqa piyoda yurish stressdan xalos bo‘lishga hamda kayfiyat va umumiy ruhiy holatni yaxshilashga yordam beradi”, deydi Tompson.

Tinch uxlashga yordam beradi

“Doimiy jismoniy faollik, jumladan, ovqatdan keyin qisqa yurish uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradi. Bu sirkad ritmlarni tartibga soladi va tungi uyquni yaxshilaydi”, deb tushuntiradi ekspert.​​

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »