Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahri, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa va Chilonzor tuman bo‘limlari tomonidan DXX hamda IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Tadbirlarda “A.S.”, “A” MCHJ va “R.-Ph.” xususiy korxonasiga qarashli dorixona sotuvchilari xaridorlarga hech qanday hujjatsiz jami 60 dona “Karbamazepin”, “Gabanerv”, “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotgan vaqtlarida ushlanib, ushbu dorixonalardan yana 12 860 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda “T.Ph.”, “A.S.” MCHJlarga qarashli dorixonalarning sotuvchilari xaridorlarga hech qanday hujjatlarsiz jami 80 dona “Tebantin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “O‘rikzor” MFY hududida harakatlanib kelayotgan Nexia-2 rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqaro B.M.ning yonidan 50 dona “Lirika” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Sirdaryoda psixotrop dorilar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olingani, DXX Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ushlagani, Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat-reyd tadbirlarida sintetik giyohvand vositalarini tayyorlovchi laboratoriya tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »