Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropani Rossiyadan uzoq muddat himoya qilishga faqat yagona Yevropa qurol sanoatini yaratish orqali erishish mumkin, dedi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Shvetsiyada bo‘lib o‘tgan “Jamiyat va mudofaa” konferensiyasida.

Foto: “NTV”

Ukraina rahbari Rossiya Yevropaning katta qismiga qarshi “gibrid urush” olib borayotganini ta’kidladi va Yevropani Moskvaga “saboq berishga” chaqirdi.

“Rossiyani mag‘lubiyatga uchratish mumkin, lekin buning uchun birdamlik zarur”, — deb uning so‘zlarini keltirdi “RBK Ukraina”.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina “Yevropa xavfsizligining eng muhim donorlaridan biri” va shunday bo‘lib qoladi. Kiyev o‘z xavfsizligi va sheriklarining xavfsizligini ta’minlash uchun dunyodagi eng yaxshi qurol va texnologiyalarni olishga intilmoqda.

“Kiyevning ustuvor yo‘nalishlari Bryusselning Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqidagi qarorini amalga oshirish, shuningdek, Shimoliy Atlantika alyansi aʼzolari bilan munosabatlar va aloqalarni rivojlantirishdir. Ukraina bilan birgalikda NATO ancha kuchayadi”, — dedi u.

Avvalroq Italiya tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani Yevropa Ittifoqi urushlarning oldini oladigan va tinchlikni saqlaydigan o‘z qurolli kuchlarini yaratishi kerakligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »