Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yilda oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlari 13,7 foizga arzonlashdi. Dekabr oyida narxlar yillik hisobda 10,1% ga kamaydi. Bu haqda FAO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti) sharhida ma’lum qilindi.

Dekabr oyida don narxi indeksi noyabr oyiga nisbatan 16,6 foizga yuqori bo‘ldi.

“Bir qator yirik eksport qiluvchi mamlakatlarning logistika tizimidagi ob-havo bilan bog‘liq uzilishlar va Qora dengiz mintaqasidagi keskinliklar ta’sirida kuchli talab fonida dekabr oyida bug‘doyning eksport narxlari oshishi qayd etildi. Bundan avval bug‘doyning jahondagi narxi to‘rt oy ketma-ket pasaygandi. Dekabr oyida makkajo‘xori uchun ham jahon narxlarining oshishi qayd etildi”, — deyiladi FAO hisobotida.

Foto: Google Images

2023-yil oxirida don narxi indeksi 15,4 foizga kamaydi.

O‘simlik yog‘i narxlari indeksi noyabr oyida qisqa muddatli o‘sishdan so‘ng dekabr oyida 1,4% ga kamaydi. Bu dinamika yetakchi importyorlar tomonidan xarid hajmining kamayishi fonida palma, soya va kungaboqar yog‘larining jahon narxlari pasayishini aks ettiradi.

2023-yilda jahon bozorida yog‘ taklifining oshishi tufayli narxlar indeksi 32,7 foizga pasayib, so‘nggi uch yildagi eng past ko‘rsatkichga aylangani ham hisobotda qayd etildi.

Shuningdek, 2023-yil oxirida shakar narxlari indeksi 26,7 foizga oshib, 2011-yildan beri eng yuqori darajaga yetgani ham ta’kidlangan.

FAO oziq-ovqat narxlari indeksi beshta asosiy oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun xalqaro narxlar dinamikasini kuzatuvchi o‘rtacha ko‘rsatkichdir.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »