Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bojxona qo‘mitasi bojxonachilarga formali kiyim-boshlar yetkazib berish bo‘yicha tanlov (tender) o‘tkazilgani, tenderda ta’sischisi bir kishi ekani gumonlanayotgan ikki MCHJ ishtirok etib, 8-dekabr — dam olish kuni tender g‘olibi aniqlani haqida xabar berilgan edi. 

Ta’kidlanishicha, tenderda “Leyla Stile” va “Kreativ” MCHJlar ishtirok etib, bojxonachilar formasini yetkazib berish bo‘yicha 1 milliard 600 million 704 ming so‘m narx taklif qilgan “Leyla Stile” MCHJ g‘olib deb topilgan. 

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, tenderda o‘zaro kurashib g‘olib va mag‘lub deb topilgan ikki kompaniya bir-biriga bog‘liq. “Leyla Stile” MCHJning ta’sischilaridan biri Burnasheva Irada Ildarovna muqaddam “Kreativ” MCHJ rahbari va yagona ta’sischisi bo‘lgan. Shuningdek, “Leyla Stile” MCHJ joylashgan manzil — Yuzrobod ko‘chasi 1-2-uyda “Kreativ” MCHJ ham faoliyat yuritgan. “Kreativ” MCHJning elektron pochta manzili sifatida burnashevairada@gmail.com ko‘rsatilgan, — deyiladi xabarda.  

Mazkur holat yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati “Daryo”ga izoh berdi.

“Buyurtmachi tomonidan mazkur davlat xaridini amalga oshirishda qo‘pol qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanmadi”, — deyiladi agentlik axborotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »