Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Siyosatshunos Oybek Sirojov “Daryo” bilan suhbat davomida hozirda Yaqin Sharq mintaqasida yuz berayotgan G‘azo mojarosi haqida o‘z fikrlarini bildirib, Bayrutda amalga oshirilgan bombardimondan ko‘zlangan asosiy maqsad – “Hizbulloh”ni urushga tortish ekanligini aytib o‘tdi.

Ekspertning sharhlashicha, Isroil G‘azo sektorini butunlay tozalab, o‘z hududiga aylantirmoqchi.

— Yaqin Sharqda boshlangan mojaro G‘arbni katta dilemma oldiga qo‘ydi. Chunki tinch aholi qurbon bo‘layotganini genotsid deb atayotgan kuchlar Isroil amalga oshirayotgan ishlar oldida ojiz bo‘lib qoldi. Bu Rossiya uchun qo‘l kelmoqda. Aslida muammoga oddiy yechim bor. Falastinga mustaqillik berish kerak. Menimcha, 2024-yilda eng hal qiluvchi masala Eron bilan bog‘liq. Bayrutda amalga oshirilgan bombardimondan maqsad – “Hizbulloh”ni urushga tortish. Isroil aslida HAMAS bilan “Hizbulloh”ga baravar urush ochmoqchi edi. G‘arbning taʼsirida Isroil faqat HAMASga urush ochdi. Isroil G‘azo sektorini butunlay tozalab, o‘z hududiga aylantirmoqchi, – deydi Oybek Sirojov.

Siyosatshunosning ta’kidlashicha, AQSH hozirda Ukrainadan ko‘ra Yaqin Sharqqa eʼtibor qaratmoqda. Ya’ni Yaqin Sharqda Xitoy va Rossiya taʼsirini cheklash uchun Qo‘shma Shtatlar o‘z donalarini surmoqda.

— 2024-yilda Yaqin Sharq mojarosining davom etishi dunyoda yuz beradigan voqealarga bog‘liq bo‘ladi. Nazarimda, AQSH hozirda Ukrainadan ko‘ra Yaqin Sharqqa eʼtibor qaratmoqda. Chunki AQSH Ukraina masalasida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishdi. Yaqin Sharqda Xitoy va Rossiya taʼsirini cheklash uchun Qo‘shma Shtatlar o‘z donalarini surmoqda. Bu ishni eng yaqin ittifoqchisi Isroil qo‘li bilan amalga oshirmoqda. Masalan, Rossiyaning Suriyada harbiy bazasi bor – dedi ekspert.

Mutaxassis o‘z fikrida davom etib, G‘azodagi mojaro global urushga aylanib ketishi Eronga bog‘liq ekanligini ta’kidladi.  

— Hozir Eron og‘ir-bosiqlik bilan ish tutmoqda. Menimcha, Rossiyaning tajribasi unga dars bo‘lgan. Chunki G‘arbga qarshi harakat boshlash og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Agar Eron urushga qo‘shilsa, uni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar masalasi ham bor. Shu nuqtai nazardan Eron bu mojaroga og‘ir-bosiqlik bilan yondoshmoqda. Lekin Eronda yuz bergan portlashlar bu masalani tobora jiddiylashtirmoqda, – deydi siyosatshunos Oybek Sirojov.

Suhbatning to‘liq shaklini “Daryo”ning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

 

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »