Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent havosining ifloslanish darajasi dunyo bo‘yicha 1-o‘ringa chiqqaniga qum bo‘ronlari, qurilishlarning ortgani, zavodlardan chiqayotgan tutunlar kabi omillar sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Bularning qatoriga benzin yoqish natijasida avtomobillardan chiqayotgan zararli moddalarni ham bemalol qo‘shish mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, har bir avtomobil 15 ming kilometr masofa bosib o‘tgandan so‘ng atmosferani 3 tonnadan ortiq karbonat angidrid gazi, 93 kilogramm uglevodorod, 0,5 tonna uglerod oksidi, 30 kilogrammga yaqin azot oksidi va boshqa zararli moddalar bilan ifloslantiradi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutaxassisi Nozimbek Nosirovning aytishicha, global energiya iste’molining asosiy qismi avtotransport vositalariga to‘g‘ri keladi.

Dvigatel yoqilg‘isi sifatida benzin ishlatadigan avtomobillar hayotimizda asosiy o‘rin egallaydi va birinchi navbatda, zararli chiqindilarning muhim manbai hisoblanadi.

Dunyo miqyosida avtomobil dvigatellari har yili atrof-muhitga 11,2 million tonna zararli moddalar chiqaradi. Zararli moddalarning asosiy qismi: CO – 9 million tonna, CH – 1,23 million tonna va NO2 – 1,63 million tonna, 27 ming tonna benzol, 17,5 ming tonna formaldegid va 1,5 tonna benzopiren kabilardir.

Mutaxassislar tomonidan Hindiston, Pokiston, Bangladesh va Gana kabi davlatlarda olib borilgan tahlillarga, ko‘ra, atmosfera havosining ifloslanishiga 50-90 foiz avtomobil dvigatellari ishlaganda atmosferaga chiqadigan zararli moddalarning chiqindilari sabab bo‘ladi.

Amalda transport vositasining o‘rtacha kunlik iste’moliga bog‘liq holda tashlamalar miqdorini hisoblaymiz:

Hisob natijalariga ko‘ra bitta avtomobil o‘rtacha 1 yil davomida benzin yoqilg‘isida harakatlansa, atmosferaga 2,106 tonna zararli chiqindi chiqaradi, — dedi Nozimbek Nosirov.

Benzin yonishi natijasida chiqadigan zararli moddalar atmosfera havosini ifloslash bilan birga, tuproq unumdorligini pasaytirib, undagi tirik organizmlarga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Mutaxassislarning fikricha, chiqayotgan zararli moddalarning ko‘p yoki kamligi benzin sifatiga ham bog‘liq. Masalan, Ai-80 markali benzini boshqa benzin turlariga nisbatan havoga ko‘proq tashlamalar chiqaradi.

“O‘zenergoinspeksiya”ning Toshkent Markaziy kimyo laboratoriyasi boshlig‘i Komiljon Karimovning aytishicha, 1 kilo benzinni yoqish uchun 14,5 kilo havo kerak bo‘ladi.

Ichki yonish dvigateli (ICE) soatiga taxminan 200 litr kislorod iste’mol qiladi — bu odam kuniga nafas oladiganidan 2,5 baravar ko‘p. Avtomobillardan chiqadigan zaharli chiqindilar natijasida havoning umumiy ifloslanishida benzinli dvigatellarning ulushi 93-95 foiz, dizel dvigatellarning 5-7 foizini tashkil qiladi, — dedi Komiljon Karimov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »