Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eron Rossiya foydalanishi mumkin bo‘lgan Shahed-107 kamikadze hujumchi dronining yangi versiyasini ishlab chiqdi. Bu haqda xavfsizlik manbalariga tayanib, Sky News xabar berdi.

Foto: AFP

Yangi qurilma “portlovchi va razvedkachi” dron sifatida tasvirlangan bo‘lib, ehtimol, jangovar nishonlarni qidirish texnologiyasi bilan jihozlangan. Maxsus ishlab chiqilgan dronning bir nechta birliklari Rossiyaga qiymati 2 million dollardan ortiq bo‘lgan kelishuv doirasida taklif qilingan bo‘lishi mumkin.

“Bu Eron Rossiyaning Ukrainaga nisbatan manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun olib borayotgan muhim muhandislik ishlarini aks ettiradi”, — deydi manba.

Yangi dron Shahed-101 oilasiga tegishli. Taxminan, 2,5 metr uzunlikdagi va qanoti uch metrga kengaygan dronni transportdan uchirish mumkin. Texnika 1500 kilometr radiusni qamrab olishi taxmin qilinmoqda. Ehtimol, u video uzatish imkoniga ega radioelektron qurilma bilan jihozlangan. Bunday razvedka imkoniyatlari unga front chizig‘ida boshqa dronlar yoki qurol tizimlarini aniqlashda yordam beradi.

Xavfsizlik manbasining da’vo qilishicha, Eron xavfsizlik kuchlari Eronning markaziy qismidagi aviabazada ruslar ishtirokida sinovlar o‘tkazgan. Unda Shahed-107 va Shahed-136 dronlari jalb qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »