Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yamanning shimoliy va markaziy qismini boshqaradigan “Ansor Alloh” (husiylar) harakati Qizil dengizda ilk bor AQSH kemasiga hujum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP Photo

AQSH harbiy-dengiz kuchlari 31-dekabr kuni husiylarga hujum qilganidan keyin Yaman husiylari Qizil dengizda AQSH kemasiga birinchi hujumni amalga oshirgan.

“Qodir Yaratganining yordami bilan Yaman qurolli kuchlarining dengiz kuchlari, raketa kuchlari va dron aviatsiyasiyasi ko‘p sonli ballistik va kemaga qarshi raketa, dronlardan foydalangan holda qo‘shma harbiy operatsiya o‘tkazdi va sionistik tuzumning kemalarini qo‘llab-quvvatlaydigan Amerika kemasiga zarba berdi”, — deydi husiylar qurolli kuchlari vakili Yahyo Saria.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur operatsiya “31-dekabr, yakshanba kuni husiylarning harbiy-dengiz kuchlari Amerika kuchlari tomonidan uyushtirilgan hujumga birinchi javob bo‘ldi.

“Yaman qurolli kuchlari mamlakatimiz, xalqimiz va millatimizni qonuniy himoya qilish huquqi doirasida barcha dushman tahdidlariga javob berishdan tortinmaydi”, — deb taʼkidladi husiy qurolli kuchlari vakili.

Ta’kidlanishicha, Yaman qurolli kuchlari G‘azo sektoridagi blokada bekor qilinmaguncha, Arab va Qizil dengizlardagi bosib olingan Falastin portlariga yo‘l olgan Isroil yoki Isroil bilan bog‘liq kemalarning o‘tishiga to‘sqinlik qilishda davom etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »