Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘iston Korrupsiyaga qarshi kurash xizmati sudlangan tadbirkor Qayrat Satibaldi 650 milliard tenge (1,4 milliard dollar) mablag‘ni davlatga qaytarganini ma’lum qildi, deb yozmoqda Tengrinews.

Foto: Central Asia

Xizmat rasmiy vakili Arman Tleukanovning aytishicha, Qayrat Satibaldiga nisbatan jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni legallashtirish bo‘yicha 218-modda 3-qismi bo‘yicha sudga qadar tergov ishlari yakunlangan.

“Qayrat Satibaldi jinoiy yo‘l bilan olingan mablag‘lar va noqonuniy pullardan foydalangan holda, jumladan, chet elda turli mulkka ega bo‘lgan, Qozog‘iston va xorijdagi banklardan pul olgan, bu ish hozir sudda ko‘rilmoqda.

Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash bo‘yicha yana bir epizod qayd etilgan bo‘lib, mazkur holat yuzasidan sudga qadar tergov harakatlari olib borilmoqda. Yangi maʼlumotlar kelishi bilan biz ommaga maʼlumot beramiz”, — dedi Tleukanov brifingda.

Uning aniqlik kiritishicha, shu kungacha davlatga qaytarilgan mablag‘larning umumiy miqdori 912 milliard tenge (2 milliard dollar)ni tashkil etadi.

Qayrat Satibaldi Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani. 2022-yil mart oyida u “Kazaxtelekom” aloqa operatoridan mablag‘larni o‘g‘irlash va mansab vakolatini suiiste’mol qilishda gumonlanib hibsga olingan edi. “Orda.kz” nashrining xabar berishicha, Nazarboyevning jiyani “Kazaxtelekom” aksiyalarining 24 foizdan ortig‘iga egalik qiluvchi Skyline Investment Company S.A. ofshor kompaniyasi asoschisi bo‘lgan.

O‘sha yilning sentyabr oyida Satibaldiuli mansab vakolatini suiiste’mol qilish va ikki kompaniyaning mablag‘larini o‘g‘irlashda aybdor deb topildi. U mol-mulki musodara qilinib, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilingan holda olti yil muddatga hukm qilindi. U aybini tan oldi hamda Markaziy transport servisi va “Kazaxtelekom” kompaniyalariga yetkazilgan zararni qopladi, bu esa jazoni yengillashtiruvchi holatga aylandi.

2023-yil dekabr oyida Satibaldi shartli ravishda ozodlikka chiqish to‘g‘risida ariza berdi, ammo sud uni rad etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »