Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin prostata saratonidan davolanmoqda, deb xabar berdi CNN telekanali Uolter Rid milliy harbiy tibbiyot markazi bayonotiga tayanib.

Foto: EPA

Bayonotda oydinlik kiritilishicha, Ostinga dekabr oyi boshida prostata saratoni tashxisi qo‘yilgan, 22-dekabr kuni u prostatektomiya deb nomlangan “minimal invaziv jarrohlik muolajasini” o‘tkazgan. Shifokorlarning aytishicha, Ostin umumiy narkoz ostida bo‘lgan va ertasi kuni ertalab uyiga qaytgan.

Shifokorlarning bayonotiga ko‘ra, prostata saratoni Pentagon rahbarida erta bosqichda aniqlangan, ular Ostinning tuzalib ketish istiqbollari “a’lo darajada” ekanini aytdi.

CNN ta’kidlaganidek, Ostinning kasalxonaga yotqizilgani haqidagi avvalgi xabarlarda uning operatsiya vaqtida narkoz ostida bo‘lgani aytilmagandi.

1-yanvar kuni kechqurun Pentagon rahbari yana kasalxonaga tushdi. To‘rt kun davomida na uning o‘rinbosari, na Oq uy, na AQSH prezidenti Jo Bayden bu haqda bilgan.

Ostinning kasalxonaga yotqizilgani haqidagi ma’lumotlar faqat 5-yanvar kuni, Pentagon vazir rejalashtirilgan operatsiyadan so‘ng asoratlar bilan kasalxonada yotgani, ammo allaqachon tuzalib ketgani va tez orada o‘z vazifalarini bajarishga kirishishi haqida xabar tarqatganidan keyin ommaga ma’lum bo‘ldi. Ostinning o‘zi 6-yanvar kuni uni shifoxonada davolagan shifokorlarga minnatdorlik bildirdi, ommaviy axborot vositalarining “shaffoflik borasidagi xavotirlarini” tushunishini aytdi.

Respublikachilar Ostinni iste’foga chiqishga chaqirdi

Ostinning kasalligi bilan bog‘liq bir necha kunlik noaniqlik muxolifatdagi respublikachilarning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi. Bir qator siyosatchilar mudofaa vaziri iste’fosini talab qilmoqda. Ular Rossiyaning Ukrainadagi urushi va Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat holatida idora boshlig‘ining yo‘qligida Pentagonni kim boshqarayotganini tushunmayapti.

Qo‘shma Shtatlarda jamoatchilik yuqori lavozimli siyosatchilarning sog‘lig‘i haqida to‘liq ma’lumot olishi odat tusiga kirgan. 

Lloyd Ostin 2021-yilda vakolat muddati boshlanganidan buyon Bayden jamoasi a’zosi. U Pentagonga rahbarlik qilayotgan birinchi afroamerikalik bo‘ldi. 2016-yilgacha AQSHning amaldagi mudofaa vaziri Yaqin Sharqda joylashgan AQSH kuchlari qo‘mondoni bo‘lgan. Bu lavozimda u AQSHning Iroq, Suriya va Afg‘onistondagi missiyalari uchun mas’ul edi. AQSH armiyasidagi 40 yildan ortiq faoliyatining boshida Ostin Germaniyada xizmat qilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »