Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning sherigi Turkmanistonda qo‘lga olindi. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” manbasi xabar berdi.

Illyustrativ foto: Sputnik

Xabarga ko‘ra, 7-dekabr kuni O‘zbekiston maxsus xizmatlari turkmanistonlik hamkasblariga jinoiy guruh a’zolaridan biri Turkmaniston bilan chegarani noqonuniy kesib o‘tib, qochishga muvaffaq bo‘lgani haqida tezkor ma’lumot bergan.

Turkmaniston Milliy xavfsizlik vazirligiga gumonlanuvchi Nargiza Jumaniyazovaning (24-dekabrda hibsga olingan) singlisi Bibijon Jumaniyazovaning uyida ekani haqida ma’lumot berilgan. Qidiruv natijasida erkak 9-dekabr kuni qo‘lga olingan, ertasi kuni esa “Shovot” chegara bojxona postida O‘zbekiston maxsus xizmatlariga topshirilgan.

Bibijonning uyidan jinoiy guruh aʼzosidan tashqari O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 12 quti dori vositalari topilgan. Ma’lum bo‘lishicha, ayol dori vositalari kontrabandasi bilan shug‘ullangan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonda jinoiy guruhlar a’zolarini qo‘lga olish bo‘yicha ommaviy reydlar o‘tkazildi. Jumladan, “Baxti Tashkentskiy” qo‘lga olinib, 15 sutkaga qamaldi.

U bilan birga yana ikki shaxs — Dilshod Sharipov va Anvar Mirzaxanovlar hibsga olindi. 24-dekabrda esa Baxtiyor Qudratullayevning o‘g‘li va guruhning yana bir qancha aʼzolari, jumladan Nargiza Jumaniyazova ham hibsga olingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »