Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

11-yanvar kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan sara suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

 
Isroil hujumi oqibatida halok bo‘lgan falastinliklarning jasadlari yonida yig‘layotgan ayol.
Foto: Reuters
 
Belgiyaning Bryussel shahridagi maydonda muzlagan favvora.
Foto: Reuters
 
 
Nyu-Jersi shtatining Lodi shahrida ko‘chalarni suv bosdi.
Foto: Reuters
 
Moskvadagi yangi yil archalarini yig‘ish punkti.
Foto: Reuters
 
Buenos-Ayres politsiyasi Argentinaning yangi hukumatining iqtisodiy siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari paytida.
Foto: Reuters
 
Har yili rok-n-roll qirolining ijodiga bag‘ishlangan festivalga Sidneydan Parkesga jo‘naydigan “Elvis Ekspress” poyezdi.
Foto: Reuters
 
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Yaqin Sharqdagi keskinlikni yumshatish maqsadida bir haftalik safari chog‘ida samolyotga o‘tirar ekan, Amerika bayrog‘i yonida o‘tmoqda.
Foto: Reuters
 
Isroil harbiylari Falastinning HAMAS islomiy guruhiga qarshi davom etayotgan quruqlikdagi operatsiyasi chog‘ida G‘azo sektorida halok bo‘lgan isroillik serjant Akiva Yasinskiyning Isroil poytaxti Tel-Avivdagi dafn marosimida motam tutayotgan Isroil askarlari.
Foto: Reuters
 
Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy Moskvadagi Oliy sudda Adliya vazirligiga qarshi ishni ko‘rib chiqish vaqtida Yamalo-Nenets o‘lkasi Xarp shahridagi IK-3 axloq tuzatish koloniyasidan videohavola orqali ekranda paydo bo‘ldi.
Foto: Reuters
 
Taqchillik sharoitida gaz ballonlarini to‘ldirish uchun navbat kutayotgan falastinlik erkak.
 
Foto: Reuters
 
 
Isroilning tez yordam mashinasiga uyushtirgan zarbasi oqibatida bir necha Qizil yarim oy jamiyati a’zolari halok bo‘ldi.
Foto: Reuters
 
Serbiya dehqonlari va amaldorlari Dunay daryosi bo‘yidagi Krchedinska Ada orolida qolib ketgan ot va qoramollarni qutqarishdi.
Foto: Reuters
 
 
 
Yahudiy dindorlar 7-oktabrdan beri HAMAS guruhi tomonidan G‘azo sektorida garovda bo‘lgan isroilliklarning tez va xavfsiz qaytishlari uchun Quddusning Eski shahardagi Yig‘i devori oldida ommaviy ibodatda qatnashmoqda.
 
Foto: Reuters

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »