Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini import qilishda bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lashga ruxsat beriladi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali. 

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida energiya taʼminotini tashkil etish sohasini tartibga solish va rivojlantirish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi tomonidan:

  • 2024-yil 1-fevralgacha “Yashil energiya” axborot tizimi to‘liq funksional rejimda ishga tushiriladi va Energetika vazirligiga o‘tkazilishi taʼminlanadi;
  • “Yashil energiya” axborot tizimining uzluksiz ishlashi va kiritilayotgan maʼlumotlarning to‘g‘riligi doimiy nazorat qilinadi.

Quyidagilarga ruxsat beriladi:

  • qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga;
  • mazkur import qilish faoliyati bilan 3 yildan ortiq davr mobaynida shug‘ullanayotgan, bojxona to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib kelgan tadbirkorlarga 6 oy muddatga bojxona to‘lovlarini taʼminlash qo‘llanmagan holda, bojxona to‘lovlarini bo‘lib to‘lashga.

Bunda tadbirkorlar tomonidan oxirgi 3 yil davomida to‘langan bojxona to‘lovlarining miqdori to‘lov muddati uzaytiriladigan summaning 50 foizidan oshmaydigan miqdorini tashkil etishi lozim. 2024-yil 1-martdan texnik hujjatlarida yoki markirovkasida quyosh elementlarining sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi “A”, “B”, “C” va “D” tegishli sinfi to‘g‘risidagi axborotlar mavjud bo‘lmagan quyosh panellarini chetdan olib kirish taqiqlanadi.

Quyosh panellari texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritiladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini baholash bo‘yicha sinov laboratoriyasi faoliyati tashkil etiladi.

Import qiluvchilar tomonidan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali “O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” DUKning muvofiqlikni baholash organlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini sertifikatlashtirish uchun ariza yuborish imkoniyati yaratiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »