Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi husiy obyektlariga zarbalar berdi. Bu haqda Reuters amerikalik rasmiylarga tayanib xabar berdi. Guvohlar Yaman poytaxti Sanadagi portlashlar haqida ma’lum qildi.

CNN maʼlumotlariga ko‘ra, AQSH zarbalar uchun Tomahawk bombardimonchi samolyotlari va qanotli raketalardan foydalanmoqda. Telekanalning aniqlik kiritishicha, Amerika harbiylari husiylarning “ko‘plab” nishonlariga hujum qilgan. Reuters agentligining yozishicha, zarbalar qiruvchi samolyotlar, kemalar va suv osti kemalaridan yo‘llangan.

Yaman husiylari vakili AQSH va Britaniya zarbalari Yaman poytaxti hamda Xodeyda, Saada va Dhamar shaharlariga berilganini ma’lum qildi, deb yozadi The Guardian. AQSH rasmiysining CNN telekanaliga aytishicha, AQSH va Buyuk Britaniya husiylarning o‘ndan ortiq nishonlariga zarbalar bergan. Nishonlar husiylarning Qizil dengizdagi kemalarga hujum qobiliyatini qanchalik zaiflashtirishi mumkinligiga qarab tanlangan.

The Guardian, The Times va Wall Street Journal nashrlari xabariga ko‘ra, Vashington va London bunday operatsiya to‘g‘risidagi qarorni Qizil dengizdan o‘tayotgan kemalarga Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylarning davomli hujumlari sabab qabul qilgan.

Foto: Telegram

Zarbalar boshlanganidan taxminan bir soat o‘tib, AQSH prezidenti Jo Bayden bayonot bilan chiqdi.

“Bugun mening buyrug‘imga binoan AQSH kuchlari Buyuk Britaniya bilan birgalikda Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Niderlandiya ko‘magida Yamandagi qator obyektlarga zarba berishdi. Husiy isyonchilari bu obyektlardan dunyodagi eng muhim yuk tashish yo‘llaridan birida navigatsiya erkinligiga tahdid solish uchun foydalangan. Ushbu zarbalar husiylarning Qizil dengizdagi xalqaro kemalarga misli ko‘rilmagan hujumlariga, jumladan, tarixda birinchi marta kemaga qarshi ballistik raketalardan foydalanganiga bevosita javobdir”, —dedi Amerika prezidenti.

Bayden husiylarga qarshi zarbalarni “mudofaa harakati” deb atadi.

10-yanvar kuni Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Britaniya floti esminetslari Amerika kemalari bilan birgalikda Yamanning “Ansor Alloh” husiy harakatining Qizil dengizdagi eng yirik hujumini qaytarganini ma’lum qildi. Husiylarning raketa va Eron dronlari yordamida amalga oshirilgan hujumi 9-yanvar kuni kechqurun boshlangan. AQSH Markaziy qo‘mondonligining ta’kidlashicha, AQSH aviatashuvchilari Britaniya esminetsi bilan birga 18 ta dron, ikkita kemaga qarshi qanotli raketa va bitta kemaga qarshi ballistik raketani urib tushirgan.

Husiylar yetakchisi Yamandagi hujumga javob qaytarish bilan tahdid qildi.

“Amerikaning har qanday hujumi javobsiz qolmaydi. Javob 20 ta dron va bir nechta raketalar yordamida amalga oshirilgan hujumdan ko‘ra kattaroq bo‘ladi”, — dedi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Yamanning shimoliy va g‘arbiy qismini nazorat qiluvchi guruh rahbari Abdul-Malik al-Husiy.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »