Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning ehtimoliy qayta saylanishi Yevropaga tahdid soladi. Bu haqda Yevropa Markaziy banki rahbari Kristin Lagard France 2 telekanaliga bergan intervyusida ogohlantirdi.

“Agar tarixdan, ya’ni Tramp o‘z mandatining dastlabki to‘rt yilida olib borgan siyosatidan saboq olmoqchi bo‘lsak, bu aniq tahdid”, — dedi Lagard.

U Trampning savdo tariflari, NATOga sodiqligi va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha taklif qilgan siyosatini esga olishni taklif qildi.

Foto: Google Images

“Kamida mana shu uchta sohada Amerika manfaatlari o‘tmishda Yevropa manfaatlariga mos kelmagan”, — dedi Yevropa Markaziy banki rahbari.

Shu bilan birga, Lagard Trampning qayta saylanishi AQSHning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga ta’sir o‘tkazmasligiga ishonishini qo‘shimcha qildi.

“AQSH Kongressida Rossiyaning Ukrainaga qarshi olib borayotgan shafqatsiz urushiga qattiq qarshi bo‘lgan, Ukrainani moliyalash va qo‘llab-quvvatlashda davom etadigan bir qancha aʼzolar bor”, — dedi Lagard.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »