Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol Istanbulda ushlandi. Bu haqda Bosh konsulxona axborot xizmati xabar berdi.

Ular 2018-yildan buyon O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 1985-yilda tug‘ilgan Dilnoza Umarova va 2017-yildan buyon O‘zbekiston IIV tomonidan qidiruvda bo‘lgan, 1983-yilda tug‘ilgan Mavludaxon Ulmasova bo‘lib, Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida 10-yanvar kuni qo‘lga olingan.

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi

Ushbu shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston IIVga murojaat qilish so‘raldi.

Xabarda aytilishicha, jinoyat uchun jazo muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimli ravishda davom ettiriladi.

Bundan avval xalq orasida “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan, odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan Nilufar Mirxanova ushlangandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »