Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida Аi-80 benzinidan foydalanish taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Ekologiya vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Toshkent shahrida atmosfera havosiga ko‘rsatilayotgan salbiy oqibatlarni kamaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif qilinmoqda:

  • “Yevro-4” standartidan past ekologik toifadagi motor yonilg‘idan  (Аi-80 rusumli benzin) foydalanishni taqiqlash;
  • avtotransport vositalari tirbandligini kamaytirish va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Toshkent shahri hududida kunning tig‘iz vaqtlarida (soat 07:00 dan 10:00 ga qadar va 17:00 dan 20:00 ga qadar) yuk tashish uchun mo‘ljallangan, vazni 3,5 va 12 tonnadan ortiq transport vositalarining harakatini cheklash;
  • 2010-yilgacha ishlab chiqarilgan barcha toifadagi avtotransport vositalari harakatlanishini taqiqlash, avtotransport vositalari egalariga zamonaviy avtotransport vositalariga o‘tish uchun (elektromobil) imtiyozlar, preferensiyalar va subsidiyalar berishni yo‘lga qo‘yish;
  • so‘nggi yillarda avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklarni kamaytirish maqsadida tajriba tariqasida avtomobillar harakatini maqbullashtirish uchun avtomobillarni “toq va juft” kunlarda boshqarish qoidasini joriy etish;
  • shaharning diqqatga sazovor markaziy ko‘chalarida avtotransport vositalaridan xoli hududlarni tashkil qilish;
  • jamoat transportini to‘liq elektr, gaz-ballon yonilg‘isi va boshqa muqobil yonilg‘i turlariga o‘tkazish, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini tashkil etish;
  • barcha turdagi qurilish obyektlarini (ijtimoiy va davlat ahamiyatiga oid obyektlar bundan mustasno) qurishga moratoriy eʼlon qilish;
  • Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash tumanlarida sanoat maqsadlarida ko‘mir yoqilg‘isidan foydalanishni taqiqlash;
  • mikroiqlim mo‘tadilligini taʼminlash, atmosfera havosi sifatiga ijobiy taʼsir etish maqsadida sunʼiy suv havzalarini barpo etish;
  • Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan issiqlik markazlarida zaxira yoqilg‘isi sifatida mazutdan foydalanishni keskin taqiqlash;
  • ilmiy va puxta ishlangan xulosalar asosida shamol tezligini pasaytirish, tuproq zarralari ko‘chishining oldini olish maqsadida Toshkent shahri atrofida “yashil belbog‘”lar barpo etish;
  • atmosfera havosining sifat ko‘rsatkichini doimiy eʼlon qilib boradigan tablo va monitorlar o‘rnatish.

Bugungi kunda “Zamin” xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda respublikada atmosfera havosi ifloslanishini avtomatlashtirilgan tizim orqali monitoring qilish loyihasi o‘rnatilgan 8 ta avtomatik meteostansiyalarni xalqaro IQAir portaliga integratsiya qilish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, I bosqichda 2022-yilda Toshkent shahridagi 2 ta stansiya to‘liq integratsiya qilindi. II bosqichda esa 2023-yilda qo‘shimcha 6 ta (Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Jizzax viloyati va Qoraqalpog‘iston) stansiya to‘liq integratsiya qilindi.

2024-yil 11-yanvar holatiga ko‘ra, xalqaro portalda jami 8 ta stansiya maʼlumoti berib borilmoqda. Mazkur stansiyalardagi maʼlumotlar www.iqair.com portalidan tashqari, monitoring.meteo.uz portalida ham aks etmoqda. Shu bilan birga, mazkur portalning AirUz mobil ilovasi Google Market va AppStore marketlarida ham joylashtirilgan.

III bosqichda 2024-yilning 1-yarim yilligiga qadar yana 6 ta stansiya (Toshkent, Nurafshon, Andijon, Namangan, Farg‘ona, Navoiy, Buxoro hamda Qarshi) integratsiya qilinishi va yakuniy bosqichda respublika bo‘yicha jami o‘rnatilgan stansiyalar sonini 16 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »