Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bosh prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamkorligida mutaxassislar ishtirokida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi haqidagi xabarlar va ularga sabab bo‘layotgan holatlarning muhokamasi o‘tkazildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, yig‘ilishda, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Toshkent shahrida atmosfera havosining ifloslanishi haqidagi maʼlumotlar va ularning sabablariga to‘xtalib, shaharda sunʼiy ko‘llar, suv havzalari, yashil qoplamalarning kamayib ketgani, mintaqada suv tanqisligi sabab cho‘llashishning kengayib borayotgani, avtotransport vositalari, yoqilg‘i energetikasi hamda suvdan tejamkorlik bilan foydalanishda muayyan qonunbuzilish holatlariga chek qo‘yilmayotgani, atmosferaga meʼyoridan ortiq tashlamalar tashlanayotganiga urg‘u berilgan.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha atmosfera havosini “Avtomobilsiz kun”, hafta kunlarini juft va toq raqamli avtomobillarga bo‘lish, jamoat transport vositalaridan foydalanishni kengaytirish, standart minimumini “Yevro-4”ga ko‘tarish, sanoatda ko‘mir yoqilg‘isidan voz kechish va shu kabi ko‘plab takliflarni ishlab chiqish va realizatsiya qilishga kelishilgan.

“O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi havo ifloslanishini avtomatik usulda monitoring qilishga mo‘ljallangan zamonaviy Horiba stansiyalari bilan taʼminlangan bo‘lib, havo ifloslanishi bo‘yicha rasmiy maʼlumotlarni eʼlon qilib boradi. Havo ifloslanishi bo‘yicha maʼlumotlar bilan ishlashda rasmiy manbaalardan foydalangan holda, norasmiy manbaalarga tayanmaslik tavsiya etiladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq 3-yanvar kuni Toshkent shahri dunyoning havo sifati eng iflos shaharlari reytingida 4-o‘ringa chiqqani xabar qilingandi. Bunday havoda shahar aholisiga ko‘chada niqob taqib yurish, derazalarni ochmaslik, uy ichini namlantiruvchi vositalar bilan tozalash tavsiya etib kelinadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent 22-dekabr kuni ham havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha dunyoning yirik shaharlari orasida 4-o‘ringa chiqqandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »