Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Penza viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida sakkiz nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. FVVning ma’lum qilinishicha, marhumlarning jasadi Urganch shahriga olib kelingan.

Foto: Telegram / “Novosti Tashkentskogo nebo”

11-yanvar kuni Penza viloyatida JAC rusumli mikroavtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Mikroavtobus ichida ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarining 8 nafari halok bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligida tashkil etilgan ishchi guruh 12-yanvar kuni Penza viloyatiga yetib borib, Rossiyaning masʼul idoralari rahbarlari bilan uchrashgan va hamkorlik asosida tashkiliy va amaliy harakatlar olib borilgan. Shundan so‘ng maxsus bort Rossiyadan uchib, 13-yanvar kuni soat 06:50 larda Xorazm viloyatidagi Urganch xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.

Taʼkidlanishicha, Rossiya masʼullari yuzaga kelgan mazkur baxtsiz hodisa oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etish, jarohatlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda yaqindan ko‘mak bergan.

Jarohatlangan fuqarolarning bir nafari 12-yanvar kuni tonggi vaqtda Penza shahridagi shifoxonada shifokorlarning muolajalariga qaramasdan vafot etgan.

“Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 8 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzillariga yuborildi. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini o‘tkazish yuzasidan tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Jarohatlangan yana bir nafar fuqaro Penza shahridagi kasalxonada, davolanish ishlari yakuniga yetgandan so‘ng O‘zbekistonga qaytariladi. Hozirgi vaqtda kasalxonaga joylashtirilgan fuqaro shifokorlarning qatʼiy nazoratiga olinib, tegishli muolajalar o‘tkazilmoqda.

Foto: Telegram / “Novosti Tashkentskogo nebo”

Avvalroq Sankt-Peterburgda 49 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qurilish maydonchasida yiqilib, kasalxonaga yotqizilgandi. Erkak Moskva shossesida angarlarda ishlayotgan vaqtda balandlikdan yiqilib tushgan. Erkak boshning ochiq jarohati, miya shishi, bosh miya kontuziyasi va boshqa og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »