Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Norma.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjatga ko‘ra, vatanni va xalqning tinch hayotini himoya qilish uchun halok bo‘lgan xodimning oila aʼzolariga xodimning oxirgi egallab turgan lavozim maoshi bo‘yicha va maxsus unvoni maoshi bo‘yicha ish haqining 150 baravari miqdorida nafaqa to‘lanadi.

Xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimning oila aʼzolariga – 100 baravar miqdorda.

Tan jarohati olinganda xodimga quyidagi miqdorlarda nafaqa to‘lanadi:

  • og‘ir tan jarohati olinganda – lavozim maoshi bo‘yicha 50 baravari miqdorida;
  • o‘rtacha og‘ir tan jarohati olganda – 20 baravari miqdorida.

Maʼlumot uchun, bojxona organlarining xizmatdagi ofitserlari va serjantlar tarkibi xodimlarining farzandlariga o‘qishga kirish uchun:

  • davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga ajratilgan umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlariga nisbatan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarining kunduzgi taʼlim shakliga alohida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar;
  • oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga belgilangan umumiy qabul parametrlari doirasida ikki foizli davlat granti asosidagi kvotalar ajratiladi.

Shunday qilib, tavsiyanoma bir davlat oliy taʼlim muassasasi hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasasiga bir marta kirish uchun uch yildan oshmaydigan muddatga beriladi.

Qoidalar qaror bilan tasdiqlangan quyidagi nizomlarda mustahkamlab qo‘yilgan:

  • Davlat bojxona xizmati organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog‘ida tan jarohati olgan xodimlariga, shuningdek halok bo‘lgan xodimlar oilalariga bir martalik nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida;
  • Davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida;
  • Davlat bojxona xizmati organi xodimlarining farzandlariga davlat oliy taʼlim muassasalari hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida;
  • Davlat bojxona xizmati organi xodimlariga uy-joy ijarasi uchun har oylik pulli kompensatsiya to‘lash tartibi to‘g‘risida.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 29-dekabrdan kuchga kirdi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »