Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston hududiga 15-yanvar kuni nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keldi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

16-yanvar, seshanba kuni faqat respublikaning markaziy, sharqiy va tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.

Ko‘pchilik hududlarda havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja iliqni tashkil etadi, shimolda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

15—16-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. O‘zbekiston bo‘yicha ish haftasining oxirigacha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda.

Toshkentda 15-yanvar kuni vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat 1 daraja sovuq-1 daraja iliq bo‘ladi.

16-yanvarda vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

17—18-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorati 17-yanvarda kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi 6-8 daraja iliq, 18-yanvarda kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »