Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy Qizil dengizdagi savdo kemalariga hujumlar tufayli savdo xavfi borligiga qaramay, husiylarga qarshi kurashda ishtirok etishni istamayapti, deb yozdi Bloomberg. AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi isyonchilar pozitsiyalariga havo hujumlarini amalga oshirayotgan bir paytda, Pekin “chekkada turishni afzal ko‘rmoqda”.

Foto: Getty Images

Shu bilan birga, Xitoy Qizil dengizda xavfsizlikni saqlash global savdo va ta’minot zanjirlari uchun muhim ekanini ta’kidlamoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat xom neftning qariyb yarmini Yaqin Sharqdan import qiladi va Yevropa Ittifoqiga AQSHga qaraganda ko‘proq mahsulot yetkazib beradi.

Bloomberg Intelligence ma’lumotlarida aytilishicha, Shanxaydan dunyoning eng yirik portlariga to‘xtab o‘tish stavkalarini kuzatuvchi Shanghai Containerized Freight Index indeksi o‘tgan hafta 2022-yil sentyabridan beri eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Bu Afrika bo‘ylab kemalarni qayta yo‘naltirish zarurati bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni aks ettiradi.

Biroq, Bloomberg yozishicha, Xitoy rahbari Si Szinpin nazdida yo‘qotilayotgan summa husiylarga qarshi kurashda ishtirok etish uchun yetarli darajada yuqori emas, unda “ishtirok etish bahosi ishtirok etmaslikdan ko‘ra qimmatga tushadi”. Yaqin Sharqda “Amerikaga qarshi kayfiyat kuchaygan” bir paytda Si aralashmaslik va hakam rolini o‘ynashni tanlamoqda.

Si Szinpin o‘tgan yil davomida Yaqin Sharq davlatlari bilan aloqalarni kuchaytirdi. Mintaqadagi ba’zi davlatlar Pekinni mojaroning kengayishini oldini olish uchun “o‘z ta’siridan foydalanishga” chaqirgan, dedi Bloomberg manbalari. Biroq Pekin, Niderlandiyaning Groningen universiteti dotsenti Uilyam Figeroaning fikricha, “katta mojaroga aralashishni istamaydi”, Xitoyning husiylarni qoralashi esa “Tehrondagi ittifoqchilarini xafa qilishi mumkin”.

12-yanvardan boshlab AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi husiy obyektlariga qator zarbalar berdi. Ular Yaman husiylarining Qizil dengizdan o‘tayotgan kemalarga davomli hujumlari sabab ularni zararsizlantirishga qaror qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »