Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev 16-yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ayrim hokim yordamchilarining ishlari qoniqarsiz ekanini aytdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, respublikadagi 319 ta mahalladagi hokim yordamchilari aholini biznesga jalb qilish, bandlikni oshirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha natija ko‘rsata olmagan.

Jumladan, Sharof Rashidov, Past Darg‘om, Angor tumanlari, Andijon va Termiz shaharlaridagi 123 nafar hokim yordamchisining aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlari qoniqarsiz.

Ushbu hokim yordamchilarini to‘liq yangilash va tajribali hokim yordamchilarini biriktirish vazifasi qo‘yildi.

2023-yilda 16 ta tuman va shaharda doimiy ish o‘rinlarini yaratish rejasi 70 foizga ham bajarilmagani ko‘rsatib o‘tildi. Bandlik idoralari esa ish so‘rab kelgan odamlarga osongina nafaqa tayinlashga o‘tib olgani tanqid qilindi.

“Kambag‘allikni keskin kamaytirish uchun odamlarimizga doimiy daromad keltiradigan ish o‘rinlarini yaratish zarur”, — dedi davlat rahbari.

Bu yil 5 million aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha alohida dastur qabul qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »