Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin “13 yillik tinchlikni o‘g‘irladi”, bu boshqa hududlarga tarqalmasidan, uning harakatlariga hoziroq yakun yasash kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 16-yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon iqtisodiy forumidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.

Foto: AP Photo
“Men sizning haqiqatan ham muhim savollarga javob eshitishga tayyorligingizni juda qadrlayman: urush qachon tugaydi? Uchinchi jahon urushi bo‘lishi mumkinmi? Putin bilan muzokara qilish vaqti keldimi? Yevropada keng ko‘lamli urush deyarli ikki yildan beri davom etmoqda. Rossiyaning Qrimimizni noqonuniy anneksiya qilishi boshlangan vaqtni hisobga olsak (urush – tahrir) deyarli 10 yildan beri davom etmoqda”, — dedi Zelenskiy.

Siyosatchi Rossiya 10 yildan ortiq vaqtdan beri Sudandan Maligacha Afrika ishlariga va Suriyadagi urushga aralashib kelayotganini bildirdi.

“Suriya urushi Putinning dunyoga nimanidir isbotlash qarori tufayli haligacha qon to‘kmoqda. Bu deyarli 13 yildan beri davom etmoqda. Darhaqiqat, bir kishi kamida 13 yillik tinchlikni o‘g‘irladi va uning o‘rnini butun dunyoga ta‘sir qiladigan og‘riq va inqirozlar bilan almashtirdi”, — dedi Ukraina prezidenti.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Putin urush timsoli bo‘lib, turli urushlar va to‘qnashuvlar davom etishining yagona sababchisidir.

“U o‘zgarmaydi. Biz o‘zgarishimiz kerak. Hammamiz shu darajada o‘zgarishimiz kerakki, bu odamning yoki boshqa tajovuzkorning boshida turgan jinnilik ustun bo‘lmasligi kerak. Putin har doim nima istayotgani, nima qilayotgani va kim nishoni ekani haqida ochiq gapiradi. Dunyodagi xaos yoqasida uning javobi terrorchi kuchlarni cheksiz qo‘llab-quvvatlashdir.
Unga o‘xshagan rejimlarning mavjudligi urush olib borilguncha davom etadi. Biz, hammamiz o‘zimizni himoya qila olar ekanmiz, erkin dunyoda mavjudmiz. Agar kimdir bu faqat biz haqimizda, bu faqat Ukraina haqida, deb o‘ylasa, u tubdan adashadi”, — dedi prezident.

Shu bilan birga, u forum ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, bugungi kunda qaysi davlat Kreml agressiyasini to‘xtata olishda Ukrainaning jangovar tayyor armiyasiga teng kelishini so‘radi.

“Mamlakatlaringiz boshqa davlatni, boshqa millatni himoya qilish uchun qancha erkak va ayolni yuborishga tayyor? Agar biz yaqin yillarda Putinga qarshi birgalikda kurashishimiz kerak bo‘lsa, unga va uning armiyasiga jasur erkaklarimiz va ayollarimiz buni allaqachon amalga oshirayotgan bir paytda chek qo‘yish yaxshi emasmi? Ular jahon chempionlaridir”, — dedi Zelenskiy.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »