Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Samara viloyati Stavropol rayonida 16-yanvar kuni o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Samara viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Foto: Samara viloyati prokuraturasi

Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:30 da Bolshaya Ryazan qishlog‘i yaqinida M-5 Ural avtomagistralining 745-kilometrida ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lada Largus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. 

Foto: Samara viloyati prokuraturasi

Hodisa joyida huquq-tartibot idoralari va qutqaruv xizmatlari ishlamoqda. Vaziyatdan xabardor manbaga ko‘ra, Largus’da yetti kishi bo‘lgan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari. Hodisa oqibatida uch nafari halok bo‘lgan, to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Samara viloyati prokuraturasi

Eslatib o‘tamiz, 11-yanvar kuni Rossiyaning Penza viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida sakkiz nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgandi. Penza viloyatida JAC rusumli mikroavtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Mikroavtobus ichida ketayotgan O‘zbekiston fuqarolarining 8 nafari halok bo‘lgan.

Prezidenti topshirig‘i bilan Mudofaa vazirligining maxsus samolyoti 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadini Urganchga olib kelgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »