Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jizzaxda terroristik tashkilotga qo‘shilib, jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan shaxs qidirilmoqda. Bu haqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Xabarga ko‘ra, Ravshan Tojiboyev 1993-yilda Jizzax viloyatining Jizzax shahrida tug‘ilgan. Huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilgan tezkor-tartibot tadbirlarida u Suriyadagi “Tahvid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti tarkibida jangovar harakatlarda ishtirok etayotgani aniqlangan.

Unga nisbatan 2016-yilda Jinoyat kodeksining 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) 1-qismi, 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruv e’lon qilingan.

Bundan avval xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak va uning o‘g‘li qidiruvga berilgani xabar qilingandi. Shuningdek, qizlari bilan xalqaro terrorchilik tashkiloti jangarilari aʼzosi bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol ham qidirilmoqda. Ushbu ayol ham Rossiyada yashovchi erkak bilan tanishib, ikki qizi bilan dastlab Ozarbayjon orqali Turkiyaga, u yerdan esa Suriyaga borgan va xalqaro terrorchilik tashkilotining jangarilariga borib qo‘shilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »