Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Davosdagi Jahon iqtisodiy forumidagi nutqi chog‘ida G‘arbning Ukrainadagi mojaroning kuchayishi haqidagi xavotirlari Kiyevning urushda vaqtni behuda yo‘qotishiga olib kelganini aytdi. Uning so‘zlaridan Reuters iqtibos keltirmoqda.

Zelenskiy shuningdek, G‘arb birdamlik ko‘rsatishi kerakligini aytdi va Rossiya mojaroda ustunlikni qo‘lga kiritmasligi uchun Ukrainani ko‘proq qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Foto: Google Images

Bugun 16-yanvar kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiyga Vashington hozirgi moliyaviy muammolarga qaramay, Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etishiga va’da berdi.

Bundan oldin Zelenskiyning idorasi rahbari Andrey Ermak AQSH prezidentinning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan bilan doimiy aloqada bo‘lib turishini aytdi. Ermakning qayd etishicha, Davosda Sallivan bilan uchrashuvda tomonlar frontdagi vaziyat va mamlakatning mudofaa ehtiyojlarini muhokama qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »