Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilda tashkiliy tartibda xorijiy davlatga ishga joylashtirilgan fuqarolar soni 62 foizga oshdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov sohada 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, o‘tgan yil davomida dunyoning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlaridan O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha ish beruvchi va rekruting agentliklari bilan 118 ta shartnoma imzolanishiga erishildi. Mazkur ish beruvchi va rekruting agentliklarining 100 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni aniqlanib, 60 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rniga talabnoma olindi.

Ilk bor 2 mingga yaqin fuqaro Buyuk Britaniyaga, 500 ga yaqin fuqaro Germaniyaga yuborildi. Janubiy Koreyaga yuborilgan fuqarolar soni 1,5 baravarga ko‘payib, 4900 nafarga yetkazildi.

Bugungi kunda Germaniya, Chexiya, Vengriya, Yaponiya, Rossiya, Latviya, Litva, Bolgariya, Polsha kabi davlatlarda tibbiyot, haydovchilik, qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning turli sohalarida bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilinmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »