Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘istonda huquq-tartibot idoralari tomonidan fuqarolarga kriptovalyuta sotib olishni taklif qilayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi 29 yoshli E.X. IIOga murojaat qilib, noma’lum shaxs uning bank kartasidagi 8 million 190 ming so‘m pulini o‘zlashtirganini bildirgan.

Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu shaxs aniqlangan. U Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida yashovchi 27 yoshli Y.D. bo‘lib chiqqan.

Gumonlanuvchi va jabrlanuvchi Instagram’da tanishgan. Y.D. kriptovalyuta savdosi bilan shug‘ullanib, E.X.dan firibgarlik yo‘li bilan pul olgani, biroq kelishilgan kriptovalyutalarni o‘tkazib bermagani ma’lum bo‘lgan.

Y.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (axborot tizimiga noqonuniy kirish yoki undan foydalanish orqali o‘g‘rilik, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda uning shu kabi boshqa jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan oldin Surxondaryo viloyatining Oltinsoy va Termiz tumanlarida 11 milliard so‘mdan ortiq kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlangandi. Shuningdek, Surxondaryo va Farg‘onada oilaviy korxonalar rahbarlari 1,2 milliard so‘mdan ortiq imtiyozli kreditlarni talon-toroj qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »