Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy muzlatilgan Rossiya aktivlarining bir qismini Ukrainani qayta tiklash uchun sarflashga chaqirdi. Bu haqda Zelenskiyning Davosda so‘zlagan nutqiga tayanib, BBC xabar berdi.

Foto: EFE/EPA

Ukraina prezidenti muzlatilgan Rossiya aktivlarining bir qismini qayta tiklash uchun Ukrainaga o‘tkazish kerakligini aytdi va G‘arb soliq to‘lovchilari “Ukraina uchun pul to‘lamasligi” kerakligini qo‘shimcha qildi.

Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi arafasida BBC muxbirining bankirlarning xavotirlariga qaramay, buni qanday qilish kerakligi haqidagi savoliga javob berar ekan, Ukraina prezidenti shunday dedi:

“Agar bizda Rossiyaning 300 milliard dollarlik aktivlari bo‘lsa, ularni to‘g‘ridan to‘g‘ri Rossiya raketalari tomonidan vayron qilingan narsalarni tiklash uchun ishlatishimiz kerak... Nima uchun sizning jamiyatingiz bizda 300 bo‘la turib, qanday yordam berish haqida o‘ylashi kerak?”, — dedi u.

Zelenskiy Davosda Uoll-strit moliyachilari, jumladan, JP Morgan moliyaviy konglomeratidan Jeymi Dimon va Blackstone’dan Stiven Shvarsman bilan uchrashdi.

Britaniyaning Standard Chartered banki bosh direktori Bill Vintersning aytishicha, Zelenskiy taklifining amalga oshirilishi xavotirli pretsedent yaratishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »