Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ayrim elchi va savdo maslahatchilari yangi bozorlarni topish, ularga mahsulotlarni olib kirish haqida umuman bosh qotirmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qayd etilishicha, o‘tgan yili 13 ta davlatga eksport kamaygan. Oxirgi ikki yilda ayrim mamlakatlar tomonidan jami 18 ta tarif va notarif to‘siqlar joriy qilindi. Shuningdek, baʼzi davlatlar tayyor trikotaj, mato, kabel, ipak uchun yuqori boj stavkalarini qo‘llayapti.

“Aslida mahsulotlarimizga hamkor topish, eksport to‘siqlarini yumshatish elchilar va maslahatchilarning savdo yo‘nalishidagi eng asosiy vazifasi emasmi!”, — dedi prezident.

Shu munosabat bilan barcha elchi va savdo maslahatchilari uchun alohida samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilanishi, ishini eplay olmagan va KPIni bajarmaganlari intizomiy jazoga tortilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etilishi ma’lum bo‘lgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »