Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazmoqda. Prezident matbuot kotibining ma’lum qilishicha, chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkazilishi belgilandi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hozirda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti chegarada 4 ta idora, yaʼni, bojxona, karantin, SES va veterinariya organlari tomonidan nazorat qilinmoqda. Vaholanki, talab etiladigan barcha sertifikat va ruxsatnomalar to‘liq raqamlashgan, nazoratchi xodimlar hujjatlar bor-yo‘qligini tekshiradi, xolos.

Shu bois, chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkazilishi belgilandi.

Bundan tashqari, ikki yil oldin tovarlarni bojxona rejimida qayta ishlash bo‘yicha yangi tartib joriy qilingan edi. O‘tgan davrda 254 ta korxona ushbu tizimda ishlashni boshlagani natijasida 1,1 milliard dollarlik eksport bo‘ldi.

Shundan 83 foizi Andijon, Buxoro, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tadbirkorlar hisobiga to‘g‘ri keladi. Lekin Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Surxondaryo va Xorazmda bunday eksport 10 million dollarga ham yetmadi.

Ushbu hududlar rahbarlari bojxona rejimida qayta ishlash hisobidan 500 million dollardan eksportni taʼminlashi zarurligi taʼkidlandi.

Yig‘ilishda eksportning 50 foizi 4 ta bozorga – Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston va Turkiyaga to‘g‘ri kelishi taʼkidlandi. Ulardan tashqari eksportni 1 milliard dollarga chiqarish mumkin bo‘lgan mamlakatlar bilan yaqindan ishlash muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yoki eksportning asosiy qismini tashkil qiladigan 20 turdagi mahsulot 1 ta bozorga bog‘liq bo‘lib qolgan. Eksport tovarlarining uchdan bir qismi xomashyo bo‘lib, tashqi bozorlardagi narx konyunkturasiga bog‘liq.

Masalan, ikki yil oldin mamlakatimiz “GSP+” tizimiga qo‘shilib, 6 ming 200 turdagi tovarlarni Yevropa bozorlariga bojsiz olib kirish imkoniyati yaratildi. Lekin o‘tgan yili ushbu tizimdan to‘liq foydalanilmay, 384 turdagi tovarlar eksport qilindi.

Avvalroq o‘z tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari Dilshod Sattarov lavozimidan ozod qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »