Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida eksportni kreditlashga 200 million dollar resurs berilgani, bundan tashqari, bu yil eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga 800 milliard so‘m yo‘naltirilayotgani ma’lum qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Lekin Eksport agentligi tarmoq va hudud rahbarlari bilan birgalikda bu mablag‘lardan samarali foydalanishni taʼminlay olmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, eksport oldi moliyalashtirish uchun imtiyozli shartlarda ajratilgan har bir dollarga o‘rtacha 5 dollarlik eksport to‘g‘ri kelyapti. Lekin, elektrotexnikada 2,5 dollar, qishloq xo‘jaligida va farmatsevtikada 3 dollarni tashkil qiladi.

Achinarlisi, ayrim korxonalarning eksport hajmi olingan kreditdan kam bo‘lgan bo‘lsa, baʼzilari kredit olib, umuman eksport qilmagan.

Shuningdek, o‘tgan yili xalqaro standart joriy qilish va sertifikat olish uchun 4,5 milliard so‘m mablag‘ berilgan 31 ta korxona eksport bilan shug‘ullanmagan.

Eksport agentligi eksportchilarga haqiqiy ko‘makchi bo‘lish o‘rniga davlatdan berilgan tayyor pulni yo‘naltiradigan “buxgalter-kassir”ga aylanib qolgani tanqid qilindi.

Endilikda eksportni qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgarishi belgilandi. Jahon savdo tashkiloti talablari asosida Eksport agentligi Savdoni rivojlantirish kompaniyasi sifatida qayta tashkil etiladi.

Yangi tizimga muvofiq, Investitsiya vazirligi chet eldagi qaysi bozorda qanday mahsulotlar xaridorgir ekanini aniqlaydi. Ularga kirish uchun hukumatlararo kelishuvlarga erishadi. Savdo-sanoat palatasi esa tadbirkorlarga yangi bozorlar talablariga moslashishga ko‘maklashadi.

Kompaniya beradigan subsidiya, kredit va yordamlar yangi tadbirkorlik reytingi asosida, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot bilan yangi bozorlarga chiqayotgan eksportchilarga ajratiladi. 1-martdan ushbu tizimni joriy qilish topshirildi.

Avvalroq Prezident adliya vazirini lavozimdan olib, Texnik tartibga solish agentligiga rahbar etib tayinlashi haqida ogohlantirgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »