Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Navoiy viloyati Navbahor tumanida yer maydoni sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Ma’lum qilinishicha, departamentning Konimex tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Z.H. ismli shaxs va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.T.ga tegishli Navbahor tumanidagi 24 sotix bo‘sh yer maydonida go‘yoki qurilish ishlari amalga oshirilgani to‘g‘risidagi soxta hujjatlari asosida fuqaro E.K.ga firibgarlik yo‘li bilan 150 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida B.J.ismli shaxs fuqaro Z.H.ga ushbu yer maydoniga kadastr hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 5,2 million so‘mini qo‘lga kiritgani aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 3,7 million so‘mning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda besh gektar yer maydonini 40 ming AQSH dollariga sotishga uringan opa-uka qo‘lga olingan edi. Aprel boshlarida esa Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »