Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Avstraliyalik aktrisa Margo Robbi bir yildan ortiq filmlarda rol o‘ynamayotganini aytdi.

Foto:Muz-tv.ru

Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, u oxirgi marta 2022-yilning kuzida suratga olish maydonchasida bo‘lgan. O‘shanda u “Barbi” filmida bosh rolni ijro etgan. Kartina 2023-yilning eng daromadli filmi deb topildi.

Margo Robbi film ko‘p oylar davomida targ‘ib qilinib, kinoteatrlarda namoyish etilganidan so‘ng, tomoshabinlar uchun allaqachon zerikarli bo‘lib qolganini, shuning uchun u bir muddat tanaffus qilishga qaror qilganini hazil bilan taʼkidladi.

Shu bilan birga, u 10 yil avval turmush o‘rtog‘i Tom Akerli bilan asos solgan LuckyChap prodyuserlik kompaniyasiga eʼtibor qaratayotgani uchun kinoni butunlay tark etmaganini qo‘shimcha qildi.

“Prodyuserlik ishimiz kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun davom etadi, lekin aktyorlik tomonidan bu men suratga olishdan uzoq yurgan eng katta davr bo‘ladi. Chunki biz “Barbi”ni 2022-yil oktyabr oyida tugatganmiz. O‘shandan buyon bir yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Men aktrisa sifatida faoliyatimni to‘xtatganimga bir yildan oshdi va bu pandemiyadan keyin birinchi katta davr bo‘ldi. Odamlar meni ko‘rishdan zerikkan deb o‘ylayman. Balki bir muncha vaqt ekrandan uzoqda bo‘lishim kerakdir. Rostini aytsam, boshqa filmda qatnashsam odamlar ‘Yana umi? Biz u bilan butun yozni o‘tkazdik. U allaqachon o‘tmishda qoldi’, deyishadi. Keyin nima qilishni bilmay qolaman, lekin umid qilamanki, bu tez orada bo‘lmaydi”, — deydi aktrisa.

 

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »