Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Janubiy Koreya hukumatlari o‘rtasida Bojxona ishlarida o‘zaro ko‘maklashish to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlandi.

Mazkur bayonnoma 2023-yil 22-sentyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

2023-yilning yanvarida “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni podshohligi hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan edi. Fevral oyida esa O‘zbekiston Pokiston bilan imtiyozli savdo sohasida hamkorlik qilishi ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »