Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda avtomototransport vositasini notarial idoraga bormasdan sotish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, sotuvchi “E-notarius” axborot portalida “Notarial harakatni rasmiylashtirish”ni tanlaydi, o‘zining shaxsiga oid ma’lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi. Sotuvchi sotilayotgan avtomototransport vositasini tanlaydi va narxini kiritadi. Shuningdek, 

  • sotuvchi sotib oluvchining  JSHSHIRni, shaxsini tasdiqlovchi hujjat seriyasi va raqamini va telefon raqamini kiritadi;
  • sotib oluvchining telefoniga SMS-xabarnoma yuboriladi. Sotib oluvchi havolaga kirib, Face-ID orqali verifikatsiyadan o‘tadi va roziligini tasdiqlaydi; 
  • avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy  notarius tanlanadi; 
  • notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS-xabarnoma yuboriladi; 
  • belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
  • bitimning asl nusxalari taraflarga kuryerlik (pochta) xizmati orqali yuboriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »