Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilishda yana 18 ta tuman va shahar hokimlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda o‘tgan yili 5 ta — baliqchilik, parrandachilik, zargarlik, asalarichilik, ipakchilik tarmoqlarida xorijiy investitsiyani jalb qilish ishlari eng sust darajada bo‘lgani ko‘rsatib o‘tildi. Xorijiy investitsiyalar hajmi 2023-yilda 1,6 barobar o‘sgan bo‘lsa-da, eng katta salohiyatga ega Samarqand va Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich imkoniyatga yarasha bo‘lmadi.

Shuningdek, 12 ta tuman va shaharda o‘zlashtirilgan jami investitsiyalar o‘tgan yilga nisbatan kamaygan. Yoki, 6 ta tuman va shaharda o‘zlashtirilgan investitsiya 10 million dollarga ham yetmagan.

Xususan, Shofirkon, Yangiobod, Nurobod, Paxtachi, Furqat va Xiva tumani hokimlariga konsalting kompaniyalar tomonidan 800 million dollarlik 241 ta tayyor investitsiya loyiha takliflari ishlab berilgan bo‘lsa-da, hokimlar tayyor loyihalarga ham investor topmagan.

Bosh vazirga ushbu kamchiliklar qayd etilgan 18 ta tuman va shahar hokimlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »