Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024-yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda prezident ayrim korxonalarda xalqaro sertifikat yo‘qligi uchun global logistika zanjirlariga qo‘shila olmayotganini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, iqtisodiyotning drayver sohalarida xalqaro standartlarni joriy qilish darajasi 35 foizga ham yetmaydi. Shu bois, Texnik tartibga solish agentligi to‘liq isloh qilinib, hukumat tarkibiga o‘tkazilishi belgilandi.

Umuman, ushbu sohadagi barcha huquqiy jarayonlarni talab darajasiga yetkazish uchun adliya vaziri Akbar Toshqulov masʼul etib belgilandi. Ikki oyda sohani tartibga solmasa, lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlikka rahbar etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi.

Mutasaddilarga 2024-yilda eng ko‘p eksport bo‘ladigan Yevropadagi 10 ta davlat bilan milliy sertifikatni ikki tomonlama tan olish bo‘yicha kelishuvga erishish, 1,7 mingta xalqaro standart va 19 ta texnik reglamentni qabul qilish, 1,2 mingta korxonada xalqaro sifat tizimlarini joriy etish, sifati kafolatlangan mahsulotlar turini 4 mingtadan 7,5 mingtaga yetkazish topshirildi.

Joriy yilda GSP+ tizimi orqali Yevropaga eksport qilinadigan tovarlar turini 700 taga, hajmini 1,2 milliard dollarga yetkazish zarurligi taʼkidlandi.

Avvalroq o‘z tizimidagi kamchiliklar va sustkashlik uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari Dilshod Sattarov lavozimidan ozod qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, bosh vazirga to‘rtta viloyat hokimining o‘rinbosarlari, 10 ta tuman va shahar hokimiga intizomiy chora ko‘rish topshirilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »