Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston bosh prokurori Serdar Malikguliyev o‘z lavozimidan ozod etildi. Mamlakat prezidenti Serdar Berdimuhamedov uning ishdan bo‘shatilishi sababini “o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmagani va prokuratura ishini tashkil etish darajasi pastligi” bilan izohladi, deb yozmoqda “Oltin asr”.

Kollaj: Fergana news

Davlat rahbari o‘z qarorini Davlat xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Malikguliyevning prokuratura organlarining 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini tinglaganidan keyin ma’lum qildi. Ishdan bo‘shatilgan bosh prokuror bu lavozimda 2022-yil 5-iyuldan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi, u avval Ashxobod prokurori bo‘lib ishlagan, deb eslatdi turkman OAV.

Turkmanistonning yangi bosh prokurori etib 3-darajali davlat adliya maslahatchisi Begmurat Muhamedov tayinlandi. U “Harbiy qasamyodga sodiqlik, Vatanga abadiy sadoqat, xalqning tinch va bunyodkorlik hayoti qorovulida fidokorona turishga tayyorlik belgisi sifatida” tantanali qasamyod qildi va davlat bayrog‘ining chetidan o‘pdi.

Serdar Berdimuhamedov Muhamedovga qonunlar ijrosi va normativ-huquqiy hujjatlarning qonuniyligi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, quyi tuzilmalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va prokurorlarning turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »