Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi neft omboriga 18-yanvarga o‘tar kechasi dron hujumi amalga oshirildi, bu Ukraina razvedkasi tomonidan amalga oshirilgan maxsus operatsiya hisoblanadi. Bu haqda maxsus xizmatlardagi manbaga tayanib, “RBK-Ukraina” xabar berdi.

Kollaj: UNIAN

Manbalarga ko‘ra, gap “zamonaviy Ukraina vositalarini jalb qilgan holda” amalga oshirilgan Ukraina razvedkasining operatsiyasi haqida ketmoqda. Hozirda maʼlumotlarni yig‘ish davom etmoqda, biroq nishonlarga zarbalar berilgani tasdiqlangan.

“Bundan buyon Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatidagi harbiy obyektlar Ukraina kuchlarining qo‘li yetib boradigan zonadir”, — deydi manba.

Ukraina dronlari Leningrad viloyatiga birinchi marta yetib boryaptimi, degan savolga manbaning aniqlik kiritishicha, bu “birinchi marta emas, lekin farqlar bor va ularni dushman his qilgan”.

18-yanvar, payshanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning bir qancha hududlarida portlash ovozlari eshitilgan. Rossiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, dron “Peterburg neft terminali” neft-gaz kompaniyasi hududida qulab tushgan va portlagan. Shuningdek, dron parchalari dengiz porti hududiga tushgan va u yerda yong‘in chiqqan.

“Bundan tashqari, operatsiya davomida dronlardan biri oligarxlar Arkadiy va Boris Rotenberg, Rossiya banki direktorlar kengashining sobiq raisi Yuriy Kovalchuk va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning saroylaridan biri joylashgan Valday ustidan o‘tgan”, — deydi razvedka xizmatlaridagi manbaga tayanib, NV nashri.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »